Toshkent politexnika kasb-hunar kolleji 1999-yilda УKadrlar tayyorlash Milliy dasturiФga muvofiq birinchilar qatorida yangi turdagi zamon talabiga mos keladigan o`quv yurtiga aylantirildi.
Kollejda 9-sinf baТzasida 1300 ga yaqin va 11-sinf baТzasida 150 dan ortiq yoshlar turli soxalar bo`yicha taxsil olmoqdalar.

Kollejning moddiy bazasi

Kollej to`liq taТmirlanib Davlat TaТlim Standartlariga mos keladigan mutaxassislarni xalq xo`jaligi uchun tayyorlaydi. Kollejda zamonaviy jixozlangan sport zal, 5 ta turli yo`nalishdagi ustaxonalar, 4 ta kompyuter sinfi, 2 ta lingafon kabineti, DTS ga muvofiq kabinet va auditoriyalar, oshxona, 350 o`rinli marosimlar o`tkazish zali, laboratoriyalar, 77 ming kitob fondiga ega bo`lgan Axborot resurs markazi o`quvchilar ixtiyorida.

Hamkorlik ishlar

Toshkent Politexnika kasb- hunar kolleji jamoasi uzliksiz taТlimni tashkil qilish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Toshkent To`qimachilik va yengil sanoati instituti, Toshkent avtomobillar yo`li instituti, Toshkent Moliya instituti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Toshkent Davlat Texnika univirsiteti bilan shartnomalar tuzgan va hamkorlikda turli tadbirlarni amalga oshirmoqda, hamda oliygoxlarning professor- pedagok kadrlaridan, o`quv- moddiy baТzasidan to`laqonli foydalanib kelmoqda.

Bizning pedagoglarimiz

Kollejda 67-ta yuqori malakali professor- o`qituvchi va 20-ta muxandis- pedagoklar samarali mehnat qilmoqdalar. O`quv yurtimizni bitirganlar turli korxona, tashkilotlarda, banklarda, soliq qo`mitalarida, qo`shma korxonalarda ishlamoqdalar va oliygoxlarda taТlim olmoqdalar.

Bizning oТquvchilarimiz

Bizning o`quvchilarimiz yuqori malaka egalari va o`z kasbini puxta o`rganganligi natijasida ularning orasida TTYSI stipendiantlari, O`zLiDePning Respublika tanlovi stipendiantlari, Toshkent shahar O`MKXT Boshqarmasi tashkil qilgan УKasbim Ц faxrimФ tanlovi Toshkent shahar va Respublika bo`yicha g`oliblari, УZulfiyaxonim qizlariФ ko`rik tanlovining Toshkent shahar g`oliblari taxsil olmoqda

Qoshimcha taТlim

Kollejda yoshlarga qo`shimcha kasb egallashlari uchun ham barcha shart- sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Xoxlovchilar turli to`garaklarda qatnashishlari, xaydovchilik kurslarida o`qishlari, tikuvchilik va modellashtirish bo`yicha o`qish va maxoratlarini oshirish imkoniyatlariga egadirlar. Undan tashqari yoshlarimiz uchun ustaxona va kabinetlarda turli kasbiy va sport to`garaklarida shug`ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud

Darslardan keyingi oТquvchilarga sharoitlar

O`quvchilarning hayoti juda faol o`tadi. Buning uchun barcha sharoitlar mavjud. Turli badiiy va sport to`garaklari muntazam faoliyat ko`rsatmoqda.
O`quvchilar uchun va bevosita ularning ishtirokida juda ko`p va qiziqarli madaniy- ommaviy tadbirlar amalga oshiriladi.

 

 

 

© 2006 , name.uz, All Rights Reserved

 

Hosted by uCoz